
BRIKS yaqin 15-yilda yetakchi iqtisodiy blokga aylanadi
BRIKSga a’zo mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yaqin 10-15 yil ichida jahon iqtisodiyotining 50 foizidan oshadi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
“BRIKS — bu global yalpi ichki mahsulotning salohiyatli yuqori hajmi, taxminan 35 foiz va u yildan-yilga ortib bormoqda. Birlashmaga Braziliya va Xitoy kabi yirik davlatlar kiradi. Biz yaqin 10-15 yil ichida BRIKS mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti ulushi butun dunyo iqtisodiyotining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etishini kutmoqdamiz,” — dedi Novak.
Avvalroq, 2024-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan BRIKS ishbilarmonlik forumida Rossiya prezidenti Vladimir Putin uyushma mamlakatlarining umumiy ulushi allaqachon Yettilik guruhi (G7) ning xuddi shunday ko‘rsatkichidan oshib ketganini va jadal o‘sishda davom etayotganini ta’kidlagan edi.
BRIKSning iqtisodiy salmog‘i birlashmaning global maydondagi mavqeini mustahkamlab, uning kelajakdagi jahon iqtisodiyotini shakllantirishdagi asosiy rolini tasdiqlaydi.