18 январь

Shirin qahva biologik soatni buzishi mumkin

Qahvaga shakar yoki sun’iy shirinlashtiruvchilarni qo‘shish kofeinning biologik soatlarga ta’sirini kuchaytiradi va sirkad ritmlarini jiddiy buzishi mumkin. Olimlar bunday kashfiyotni laboratoriya sichqonlarining faolligini kuzatgan holda amalga oshirdilar.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kofeinni shirinliklar bilan birga iste’mol qilgan sichqonlarda biologik soatlar toza kofein qabul qilganlarga qaraganda kuchliroq adashgan. Ba’zi hollarda hayvonlarda faollik ritmi butunlay o‘zgardi: tungi turlar kunduzgi hayot tarzini olib bora boshladi. Bu o‘zgarishlar hatto uzoq vaqt to‘liq qorong‘ilik sharoitida ham saqlanib qolgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, agar ushbu ta’sirlar odamlarda tasdiqlansa, shirin qahva ichish odati uyquning va umuman sog‘liqning jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu tadqiqot qandning kofein kabi boshqa mashhur stimulyatorlar bilan birgalikda inson organizmiga ta’sirini o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi.