Ilon Mask AQShning byudjet taqchilligi sababli bankrotlik xavfi mavjudligini bildirdi
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask AQShning moliyaviy ahvolidan tashvishlanib, mamlakatning bankrotlikka yuz tutayotganini ma’lum qildi. Uning fikrlari federal xarajatlar va daromadlar haqidagi ma’lumotlar fonida yangradi: joriy moliya yilida xarajatlar 6,16 trillion dollarni tashkil etsa, daromadlar 4,47 trillion dollar bilan cheklanadi.
Mask AQSh byudjeti so‘nggi marta 2001 yilda profitsitli bo‘lganini va taqchillik surunkali muammoga aylanib qolganini eslatdi.
Tadbirkor, shuningdek, federal xarajatlarni optimallashtirish maqsadida ularni o‘rganish niyatida ekanligini aytdi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 trillion dollarlik umumiy xarajatlardan kamida 2 trillion dollarni qisqartirish mumkin.
“Davlat xarajatlarini qisqartirish mamlakatning moliyaviy barqarorligiga erishish yo‘lidagi birinchi qadamdir”, deya ta’kidladi Mask.
Uning bayonoti ijtimoiy tarmoqlar va ekspertlar doirasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, bu yerda AQShning byudjet siyosati muntazam ravishda tanqidga uchrab kelmoqda.