
Yevropani yangi gaz inqirozi tahdid qilmoqda: narxlar 45 foizga ko‘tarildi
Sovuq ob-havo yaqinlashishi bilan Yevropa gazga bo‘lgan talabning keskin o‘sishiga duch keldi, bu esa narxlarning yil boshiga nisbatan 45 foizga ko‘tarilishiga olib keldi. Mutaxassislar 2022 yildagi vaziyatni eslatishi mumkin bo‘lgan yangi gaz inqirozi haqida ogohlantirmoqda.
Shamolning kuchsizligi tufayli shamol elektr stansiyalarining past unumdorligi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, bu esa Yevropa Ittifoqini isitish uchun gaz zaxiralariga faol tayanishga majbur etmoqda.
“Bu Yevropa Ittifoqi gazni har qanday narxda sotib olishga tayyor bo‘lgan 2022-yilni eslatmoqda,” — dedi Global Risk kompaniyasining yetakchi tahlilchisi.
Energetik beqarorlik va gaz narxlarining yuqoriligi Yevropa oldiga yana energetika siyosatining ishonchliligi va muqobil energiya manbalariga o‘tish masalalarini ko‘ndalang qo‘ymoqda.