Olimlar 2100-yilga kelib iqlim o‘zgarishi tufayli 30 million kishi halok bo‘lishini bashorat qildilar
24 декабрь

Olimlar 2100-yilga kelib iqlim o‘zgarishi tufayli 30 million kishi halok bo‘lishini bashorat qildilar

Maks Plank jamiyati Kimyo instituti iqlimshunoslari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi XXI asr oxiriga kelib 30 millionga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.

Raqamli modellashtirish usullaridan foydalanib, olimlar ekstremal harorat va havo ifloslanishining o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholadilar. Tadqiqot rahbari doktor Andrea Potsserning aytishicha, haddan tashqari yuqori harorat bilan bog‘liq o‘limlar soni allaqachon yiliga 1,6 millionga yaqin kishini tashkil etmoqda.

Asr oxiriga kelib, bu raqam har yili 10,8 million kishigacha ko‘tarilishi mumkin, bu esa hozirgi darajadan yetti baravar ko‘p,” deb ta’kidladi doktor Potsser.

Mazkur tadqiqot keng ko‘lamli insoniy falokatlarning oldini olish uchun chiqindilarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.