Protsessorlardan ajralib chiqadigan issiqlikni energiyaga aylantirishni o‘rgandilar
Maxwell Labs sun’iy intellekt va yuqori samarali hisoblashlar (HPC) asosidagi tizimlarda issiqlikni boshqarish yondashuvini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan fotonli sovutish texnologiyasini taqdim etdi.
Ushbu ishlanma issiqlikni yorug‘likka aylantiradi va qattiqlik tizimini harakatlanuvchi qismlar va suyuqliklarsiz ta’minlaydi. Natijada, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va mikrosxema ishlab chiqaruvchilari hisoblash zichligini oshirish, uskunalarning energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Fotonli sovitishning asosiy prinsipi protsessordan ajralib chiqayotgan issiqlikni yorug‘lik nurlanishiga aylantirishdan iborat bo‘lib, uni fotoelektrik yacheykalar tutib qoladi va yana elektr energiyasiga aylantiradi. Bunday tizim nafaqat qurilmalarni samarali sovutadi, balki energiyaning bir qismini jarayonga qaytaradi, bu esa umumiy energiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Texnologiya bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2024-yil dekabr oyida Maxwell Labs strategik hamkorlari MXL-Gen1 tizimining birinchi prototiplarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladigan erta kirish dasturi boshlanadi. 2025 yilda sinov stendlarini ishga tushirish, 2026 yilda esa texnologiyani ishlab chiqarish muhitiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Kompaniya bosh direktori Jeykob Balmning ta’kidlashicha, yangi texnologiya sun’iy intellekt sanoatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan issiqlik cheklovlarini bartaraf etishga qaratilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fotonli sovutish kelajakda unumdorlikni kengaytirish uchun asos bo‘ladi. Texnik direktor Alexandro Rodrigesning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya texnologiyani ma’lumot markazlari va serverlar ehtiyojlariga moslashtirish uchun yetakchi olimlar va muhandislar bilan hamkorlik qilmoqda.