Neuralink xalqaro darajaga chiqmoqda
24 декабрь

Neuralink xalqaro darajaga chiqmoqda

Neyrointerfeyslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi Neuralink kompaniyasi o‘zining klinik tadqiqotlarini AQShdan tashqariga kengaytirmoqda. Mamlakatdagi muvaffaqiyatli operatsiyalardan so‘ng kompaniya Kanadada sinovlar o‘tkazishga ruxsat oldi. Dastlabki muolajalar Torontodagi University Health Network tibbiyot markazida rejalashtirilgan.

Kanadada Neuralink og‘ir kasallik va jarohatlarga duch kelgan bemorlar bilan ishlaydi. Implantlar lateral amiotrofik skleroz bilan og‘rigan odamlarga, shuningdek, orqa miya jarohati tufayli harakatlanishni butunlay yo‘qotgan bemorlarga o‘rnatiladi. Davolashning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash uchun nomzodlar juda sinchkovlik bilan tanlanadi.

Shu bilan birga, kompaniya Buyuk Britaniyada klinik sinovlarni boshlashga tayyorlanmoqda. Ayni paytda u yerda test sinovida ishtirok etish istagida bo‘lgan ko‘ngillilar qidirilmoqda.

Neuralink loyihasi bemorlarga yo‘qotilgan imkoniyatlarni qaytarishga va tibbiyotda yangi ufqlarni ochishga qaratilgan bo‘lib, qurilmalarni fikrlash kuchi bilan boshqarish imkonini beradi. Xalqaro tadqiqotlar ushbu ulkan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun