Donald Tramp Oq uyga qizil tugmani qaytardi
21 январь

Donald Tramp Oq uyga qizil tugmani qaytardi

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘zining avvalgi prezidentlik davrida foydalanilgan qizil tugmani yana Oval kabinetga o‘rnatdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

O‘tgan safar bu tugma Trampning sevimli ichimligi — parhez kolali ofitsiantni chaqirish uchun xizmat qilgan. Biroq, u 2021-yilda lavozimini tark etganidan so‘ng, prezident Jo Bayden bu qurilmani ish xonasidan olib tashlashni buyurgan.

Qiziq joyi shundaki, qizil tugma Barak Obama boshqaruvi davrida ham ishlatilgan, ammo boshqa maqsadda — choy keltirish uchun.

“Qizil tugma” nomi ko‘pincha yadro raketalarini ishga tushirish tizimi bilan bog‘lanadi, ammo bu ko‘proq afsonadir. Aslida favqulodda vaziyatlarda AQSH prezidentiga doimo yonida turadigan maxsus yadroviy diplomatik sumka beriladi. Uning ichida yadro zarbasini boshlash imkonini beruvchi “Oltin kodlar” kartochkasi saqlanadi.