
O‘zbekistonda umraga ziyoratchilarni litsenziyasiz yuborgan sayyohlik firmalari jarimaga tortildi
O‘zbekistonda ziyoratni tashkil etish ustidan nazorat kuchaytirildi. So‘nggi ikki oy ichida 19 ta sayyohlik firmasiga umra ziyoratchilarini litsenziyasiz yuborgani uchun har biriga 75 million so‘mdan jarima solindi. Jarimalarning umumiy miqdori 1,425 milliard so‘mni tashkil etdi.
Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekistonda haj ziyoratini tashkil etish faqat hukumatning 364-sonli qaroriga muvofiq, Qo‘mita va Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi o‘rtasida tuziladigan yillik shartnoma asosida amalga oshirilishini ta’kidladi.
Boshqa tashkilotlar hajni tashkil etish huquqiga ega emas. O‘zbekiston musulmonlari boshqarmasi huzuridagi Haj va umra markazi hamda 12 ta xususiy kompaniyaga umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziya berilgan.
Din ishlari qo‘mitasi boshqa idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tekshirishlar davomida ziyoratlarni tashkil etish bo‘yicha litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan 31 ta sayyohlik firmasi aniqlandi.
Ushbu kompaniyalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bundan tashqari, litsenziyasiz faoliyat yuritgan 24 ta turfirmada tekshiruvlar o‘tkazildi. Reklama qonunchiligini buzgan 5 ta kompaniya bo‘yicha materiallar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi kompaniyalarga litsenziya berildi:
- 1. “Ihlos travel 1” MCHJ
- (Andijon viloyati, Andijon shahri, “O‘zbegim” mahallasi, Boburshoh ko‘chasi, 40v-uy).
- 2. “Yuksak travel Air” XK
- (Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, B. Marg‘iloniy ko‘chasi, 3b-uy).
- 3. “Muhtasham travel” MCHJ
- (Namangan viloyati, Namangan shahri, “Shodlik” mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi, 2/1-uy, 3s-xonadon).
- 4. “Musaffo turizm xizmati” MCHJ
- (Namangan viloyati, Namangan shahri, Bobur tumani, 10-uy, 4-xonadon).
- 5. “Risola travel lux” MCHJ
- (Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 1-uy).
- 6. “Xorazm umra jamiyati” MCHJ
- (Xorazm viloyati, Urganch shahri, P.Mahmud ko‘chasi, 350-uy).
- 7. “Hikmat Umra Travel” MCHJ
- (Toshkent shahri, Mirobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 43-uy, 41-xonadon).
- 8. “Real Dreams” MCHJ
- (Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 14-berk ko‘cha, 75-uy).
- 9. “Travel with family” MCHJ
- (Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li, 21-uy).
- 10. “Sofa Marva tour” MCHJ
- (Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Ziyo” mahallasi, Kichik halqa yo‘li, 19-uy).
- 11. “B2 Management” MCHJ
- (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, O‘rikzor ko‘chasi, 124-uy).
- 12. “Safar time exclusive” MCHJ
- (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “2-Charx Kamolon” mahallasi, Bunyodkor ko‘chasi, 2-uy).