Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Davron Tohirov Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Davron Tohirov Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) a’zo mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining 4-yig‘ilishi doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim asosida ikki mamlakat o‘rtasidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda transplantologiya sohasida tajriba almashish, jumladan, davolash va mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat vazirliklari har ikkala davlat aholisi salomatligini mustahkamlash maqsadida belgilangan barcha yo‘nalishlarda faol hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.