Tadqiqotchilar Nimruddagi Ninurta ibodatxonasida ikkita ziyoratgohni topishdi
29 декабрь

Tadqiqotchilar Nimruddagi Ninurta ibodatxonasida ikkita ziyoratgohni topishdi

Penn muzeyi “Nimrud” loyihasi a’zolari Osuriya shohi Ashshurnazirapal II hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 883-859 yillar) Nimrud shahrida qurilgan Ninurta ibodatxonasida ikkita ziyoratgoh kashf etilganini ma’lum qildilar. Tarixchilarning taxminiga ko‘ra, ibodatxona miloddan avvalgi 614-612 yillar oralig‘ida bobil va midiyaliklar hujumi natijasida vayron etilgan.

Ikki ziyoratgohning kattarog‘ida arxeologlar xudoning haykalini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan, mixxat yozuvli ulkan tosh supani topdilar. Kichikroq ziyoratgohda ham supa mavjud bo‘lib, u qadimda shikastlangan.

Pensilvaniya universiteti olimi Maykl Dantining aytishicha, shikastlarning xususiyati va topilgan ashyolarning joylashuvi ziyoratgohlar va ularning boyliklarini talon-taroj qilingani hamda yoqib yuborishdan oldin ataylab vayron etilganini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, qazishmalar davomida ibodatxonaning xo‘jalik faoliyatini tasvirlovchi mixxat yozuvli sopol taxtachalar topildi. Bu topilmalar qadimgi Nimrudning diniy va iqtisodiy hayotiga yangi ma’lumotlar beradi.