Rak — koreys olimlari o‘smani sog‘lom hujayralarga aylantirish usulini kashf etdilar
29 декабрь

Rak — koreys olimlari o‘smani sog‘lom hujayralarga aylantirish usulini kashf etdilar

Koreyalik olimlar onkologiyada inqilob yasadilar — ular saratonni yo‘q qilmasdan “davolash” usulini ishlab chiqdilar. Bu usul allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari:

— Yo‘g‘on ichak saratonini o‘rganib, mutaxassislar uchta “yovuz” genni aniqladilar — MYB, HDAC2 va FOXA2. Aynan ular kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

— Bu genlar faoliyati to‘xtatilgach, hujayralar saraton bo‘lmay qolib, sog‘lom hujayralarga aylandi.

— Hozirda bu usul kemiruvchilarda miya saratonini davolash uchun sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar bu tajribalar ham muvaffaqiyatli bo‘lsa, kimyoterapiyadan voz kechish imkoniyati tug‘iladi.