Toshkent shahrini 2045 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi tasdiqlandi
29 декабрь

Toshkent shahrini 2045 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston hukumati poytaxtni 2045 yilgacha rivojlantirish bosh rejasini rasman ma’qulladi. Hujjat aholining ehtiyojlarini inobatga olgan holda shaharni muvozanatli rivojlantirish, ekologik hududlarni muhofaza qilish va madaniy merosni asrashga qaratilgan.

Bashoratlarga ko‘ra, bu davrda Toshkent shahri aholisi hozirgi 3 milliondan 7,4 millionga yetadi. Infratuzilma talablarini qondirish maqsadida 647 ta yangi ko‘cha va yo‘l qurilishi, mavjud 140 kilometrlik transport tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Jamoat transportiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, 2045 yilga kelib undan foydalanuvchilar ulushi 60 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun 27 ta o‘tish-to‘xtash joyi (park-and-ride) tashkil etish, shuningdek, poytaxt ko‘chalaridagi avtomobillar sonini kamaytirish imkonini beradigan yangi metro liniyalarini qurish mo‘ljallangan.

Toshkentning bosh rejasi kelajak avlodlar uchun qulay va barqaror shahar muhitini yaratishga yo‘naltirilgan.