"Kaspersky laboratoriyasi" ilovalari Google Play’dan olib tashlandi
Kompaniya Android qurilmalarini viruslar va boshqa zararli dasturiy ta’minotlardan himoya qiluvchi barcha ilovalar yo‘q bo‘lib qolganini ma’lum qildi.
"Kaspersky laboratoriyasi"ning ta’kidlashicha, Google’ning bu qarori AQSH Savdo vazirligining pozitsiyasini haddan tashqari keng talqin qilish bilan bog‘liq, chunki vazirlik cheklovlari Kaspersky mahsulotlarini AQShdan tashqarida sotishni taqiqlamaydi.
Kompaniya ushbu vaziyat yuzasidan muzokaralarni jadallashtirganini qo‘shimcha qildi. O‘rnatilgan xizmatlar avvalgidek ishlashda davom etadi, barcha obunalar va pullik funksiyalar saqlanib qoladi. Yangilanishlar chiqariladi, biroq Google Play orqali qo‘shimchalarni yuklab olish imkoni bo‘lmaydi.