Telegram AQSH hokimiyati so‘rovlari asosida 2 mingdan ortiq foydalanuvchi ma’lumotlarini oshkor qildi
10 январь

Telegram AQSH hokimiyati so‘rovlari asosida 2 mingdan ortiq foydalanuvchi ma’lumotlarini oshkor qildi

2024-yilda Telegram messenjeri AQSH hukumatiga 2253 foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etib, 900 ta rasmiy so‘rovni bajardi. Bu haqda 404 Media ixtisoslashgan manbasi xabar bermoqda.

Telegram Transparency Reports botining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan sentyabrgacha bo‘lgan davrda messenjer AQSH hokimiyatining 14 ta so‘rovini qondirib, 108 foydalanuvchining IP-manzillari va telefon raqamlarini taqdim etgan.

Ilgari Telegram bunday ma’lumotlarni faqat terrorchilik tahdidlari bilan bog‘liq hollardagina uzatgan edi. Biroq, Bleeping Computer nashri ta’kidlashicha, g‘arb mamlakatlarining bosimi ostida messenjer o‘z qoidalarini kengaytirdi. Endi ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga kiberjinoyatchilik, noqonuniy tovarlar savdosi va internet firibgarlik kabi boshqa jinoyatlar bilan bog‘liq hollarda ham oshkor etilishi mumkin.

Telegramning yangilangan siyosatiga ko‘ra, agar sud organlari foydalanuvchining jinoiy faoliyatga aloqadorligini tasdiqlovchi order bersa, messenjer uning IP-manzili va telefon raqamini tegishli idoralarga taqdim etishi mumkin.