Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshladi
10 январь

Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshladi

Armaniston hukumati 9-yanvar kuni mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini yo‘lga qo‘yadigan qonun loyihasini ma’qulladi. Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan so‘nggi yillarda YeI bilan munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berganini ta’kidladi.

Vazirning aytishicha, hamkorlik ko‘plab sohalarni qamrab olgan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi nafaqat siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi, balki fuqarolik kuzatuv missiyasini joylashtirish orqali ham Armaniston xavfsizligini mustahkamlashga hissa qo‘shdi.