Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
10 январь

Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Yaponiya Rossiyaning uchta banki va 51 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etdi.

Yaponiya 11 nafar rossiyalik, 51 ta kompaniya va uchta bankka, jumladan, ALROSA bosh direktori Pavel Marinichev hamda “Rostex” rahbari o‘rinbosari Vladimir Artyakovga nisbatan cheklovlar kiritdi. TSMRBank, RFK Bank va Timer Bank ham sanksiyalar doirasiga kiritildi.

Bundan tashqari, Yaponiya 335 turdagi mahsulot va 22 ta Rossiya tashkilotining eksportini cheklaydi. Ushbu choralar 23-yanvardan kuchga kiradi.

Noyabr oyida Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 15,9 foizga kamayib, 99,784 milliard iyenani (taxminan 650 million dollar) tashkil etdi. Biroq, Yaponiyaning Rossiyaga eksporti, xususan, mototsikl va tibbiy mahsulotlar bo‘yicha o‘sish kuzatildi.