
G‘arb aviakompaniyalari Xitoyga parvozlar sonini kamaytirdi
Tashuvchilarning bunday qaroriga asosiy sabab Rossiya havo hududining yopilishi bo‘lib, Xitoyga muqobil yo‘nalishlar foydasiz bo‘lib qoldi.
Masalan, Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi Shanxay — London (Xitrou) yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini to‘xtatishini e’lon qildi. O‘z navbatida, British Airways Xitrou va Pekin (Dasin) o‘rtasidagi reyslarini qisqartirdi.
Shuningdek, Shvetsiya, Avstraliya va Germaniya aviakompaniyalari ham o‘z reyslarini kamaytirishmoqda.