Tramp Kaliforniya gubernatorini yong‘inlar sababli iste’foga chiqishga undadi
10 январь

Tramp Kaliforniya gubernatorini yong‘inlar sababli iste’foga chiqishga undadi

Donald Tramp Los-Anjelesdagi keng ko‘lamli yong‘inlar tufayli Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom iste’foga chiqishi kerakligini bildirdi. Bundan oldin esa Ilon Mask shtat hokimiyatini tanqid qilib, ularni AQShning eng yomon boshqaruvchilari deb atagan edi.

Yong‘inlar Los-Anjeles okrugidagi 11 ming gektarga yaqin hududni qamrab olib, mingdan ortiq binoni vayron qildi va kamida 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. O‘n minglab aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

AQSH prezidenti Jo Bayden yong‘inga qarshi kurashish uchun resurslarni safarbar etishni jadallashtirish maqsadida shtatda keng ko‘lamli ofat holatini e’lon qildi. Tabiiy ofatdan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 52 milliard dollardan 57 milliard dollargacha baholanmoqda.