Ertalabki qahva umrni uzaytiradi
10 январь

Ertalabki qahva umrni uzaytiradi

AQShda 40 ming kishi ishtirokida o‘tkazilgan o‘n yillik tadqiqot qahva ichish vaqti salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Natijalar ertalabki qahva bevaqt o‘lim va yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi tasdiqlandi.

Ertalab qahva ichishni ma’qul ko‘radigan odamlarda, kunning boshqa paytlarida qahva ichadigan yoki uni umuman iste’mol qilmaydigan odamlarga nisbatan, vafot etish ehtimoli 16 foizga, yurak kasalliklaridan o‘lim xavfi esa 31 foizga kamroq ekanligi aniqlandi.

Olimlarning fikricha, kunduzi yoki kechqurun ichilgan qahva sirkadiyen ritmlarni va melatonin gormoni ishlab chiqarilishini buzishi mumkin. Bu esa qon bosimi darajasining o‘zgarishiga va yurak-qon tomir tizimi uchun boshqa xavf omillariga sabab bo‘lishi mumkin.