Samsung uch buklama mexanizmli smartfonni tayyorlamoqda
10 январь

Samsung uch buklama mexanizmli smartfonni tayyorlamoqda

Samsung Electronics uch buklama mexanizmga ega smartfon ishlab chiqarilayotganini ma’lum qildi. Dastlabki 300 ming dona qurilmani 2025-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Yangi qurilma hozirgi modellardan ikki barobar ko‘p sharnirli qismlarni talab qiladigan innovatsion mexanizm tufayli kompaniyaning eng qimmatbaho buklanuvchan telefonlaridan biriga aylanadi.

Kompaniya ekrani uch qismga bo‘lingan G tipidagi ikki buklama shakl-shamoyilni tanladi. Bunda yon qismlari ichkariga buklangani sababli ekranni shikastlanish va tirnalishlardan qo‘shimcha himoya qiladi. Yoyilgan holatda qurilma 10,5 va 12,4 dyuym o‘lchamdagi ekranga ega bo‘ladi, bu esa uni deyarli planshetga aylantiradi.