JSST: Depressiya global muammoga aylanmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ruhiy kasalliklarning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qildi. Depressiya mehnat qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 280 million atrofidagi odamga ta’sir qilmoqda — bu yer yuzi aholisining taxminan 4 foizini tashkil etadi. 2020-yildan beri depressiya holatlari 25 foizga ko‘paydi.
Depressiya va xavotir tufayli jahon iqtisodiyoti har yili trillion dollardan ortiq mablag‘ni boy bermoqda, chunki 12 milliard atrofidagi ish kuni yo‘qotilmoqda. Ayollar kuchli depressiv holatlardan erkaklarga nisbatan 1,5-2 baravar ko‘proq aziyat chekadi: 18-25 foizga qarshi 7-12 foiz. Ayollarning 6 foizi va erkaklarning 3 foizi shifoxonada davolanishga muhtoj.
Ayniqsa yoshlar eng zaif guruh bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar ruhiy buzilishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar sifatida ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq ajralish, iqtisodiy beqarorlik va jamiyatda zo‘ravonlikning ortishini ta’kidlamoqdalar.