
Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari tahdidlarga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrik so‘zida mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun doimiy muloqotning muhimligini alohida ta’kidladi.
O‘zbekistonning mintaqa yetakchilarining VII Maslahat uchrashuviga raisligi doirasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda asosiy e’tibor terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi, transmilliy jinoyatchilik va kibertahdidlarga qarshi kurashda tahdidlarni baholashning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish hamda hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratildi.
Tomonlar axborot va kibermuhofazani kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni muhokama qildilar, shuningdek, kelajakdagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.