
Kembrij lug‘ati bo‘yicha yilning so‘zi - "manifest"
BBC xabar berishicha, Kembrij lug‘ati "manifest" ("ochiq-oydin") so‘zini ijobiy fikrlash va sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq global tendensiya kontekstida ommalashganini ta’kidlab, uni yilning so‘zi sifatida tanladi.
Ilgari "manifest" so‘zi "aniq" yoki "ko‘zga tashlanadigan" ma’nolarida ishlatilgan. Biroq so‘nggi paytlarda uning ma’nosi kengayib, "namoyon qilish" tushunchasini o‘z ichiga oldi. Bu tushuncha istalgan narsaga erishishni tasavvur qilish orqali uni amalga oshirish ehtimolini oshirish usuli sifatida qaralmoqda. Ushbu tendensiya, ayniqsa, 2024-yilda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda uning ommalashgani bilan yaqqol ko‘zga tashlandi.
Kembrij universiteti ijtimoiy psixologiya professori, doktor Sander van der Linden "namoyon qilish" g‘oyasining ommalashganiga qaramay, uning ilmiy asosi yo‘qligini va norealistik kutilmalarga hamda hafsalasi pir bo‘lishga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. U ijobiy fikrlash va maqsad qo‘yish haqiqatan ham insonga muvaffaqiyatga erishishda yordam berishi mumkinligini, ammo fikrlar voqelikni o‘zgartira olishiga ishonish xomxayoldan boshqa narsa emasligini alohida ta’kidladi.