
Astronomlar koinotdan kelgan eng kuchli zarba tovush to‘lqinini qayd etdilar
Olimlar ilk bor koinotdan Yerga yetib kelgan eng kuchli zarba tovush to‘lqinlaridan birini ro‘yxatga oldilar. Ushbu hodisa haqidagi tadqiqot Qirollik Astronomiya Jamiyatining “Monthly Notices” (MNRAS) ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Astronomlarning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sayyoramizdan 290 million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan Stefan Kvinteti galaktikalar guruhida yuz bergan. Halokatli to‘qnashuvga soatiga 3,2 million kilometr tezlikda harakatlanib, to‘rtta qo‘shni galaktikaga urilgan NGC 7318b galaktikasi sabab bo‘lgan. Bu o‘zaro ta’sir tasavvur qilib bo‘lmaydigan kuchga ega gipertovushli zarba to‘lqinini yuzaga keltirgan.
“Bir galaktika boshqasi bilan aql bovar qilmas tezlikda to‘qnashdi. Buni bir tasavvur qilib ko‘ring...” — deydilar tadqiqotchilar, bunday hodisalarning miqyosi va nodirligi haqida ta’kidlab.
Bu kuzatuv kosmik jarayonlarni, jumladan, yulduzlarning shakllanishi va galaktikalarning evolyutsiyasini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.