
Ilon Mask yana tarixdagi eng boy inson bo‘ldi
Tesla va SpaceX kompaniyalari bosh direktori Ilon Mask yana tarixdagi eng boy insonlar ro‘yxatini o‘z rekordini yangilab boshqarmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 347,8 milliard dollarga yetib, kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
2021-yilda Maskning o‘zi o‘rnatgan avvalgi rekord 340,4 milliard dollarni tashkil etgandi. Shunday qilib, tadbirkor nafaqat yetakchi unvonini qaytarib oldi, balki boshqa milliarderlardan uzoqlashishini sezilarli darajada kuchaytirdi.
Maskning boyligi so‘nggi hafta ichida keskin ko‘tarilib, 35 milliard dollarga oshdi. Bu Tesla aksiyalarining sezilarli darajada o‘sishi va uning sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchi xAI startapi qiymatining ko‘tarilishi tufayli yuz berdi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, investorlarning ushbu aktivlarga qiziqishi siyosiy voqealar, xususan, Donald Trampning AQShdagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan rag‘batlantirilgan bo‘lishi mumkin.