
Latviya adliya vaziri ta’lim dasturlaridan rus tilini chiqarib tashlashni talab qildi
Latviya adliya vaziri Inese Libinya-Egnere Davlat til markazini mamlakat ta’lim tizimidan rus tilini bartaraf etishga e’tibor qaratishga undadi.
Uning ta’kidlashicha, Latviya jamiyatiga qo‘shilish faqat latish tili asosida bo‘lishi kerak, rus tilidan foydalanishni esa sobiq sovet merosiga bog‘ladi
Vazirning bu bayonoti jamiyatda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki Latviya aholisining sezilarli qismi rus tilidan foydalanadi. Libinya-Egnere, shuningdek, LGBТ hamjamiyati huquqlarini himoya qilishdagi faoliyati bilan ham tanilgan. Xususan, u mamlakatdagi bir jinsli juftlikning birinchi rasmiy nikoh marosimida ramziy vazifani bajargan.