O‘zbekiston Bosh vaziri Samarqand aeroportida Yevrokomissiya rahbarini kutib oldi
2 апрель

O‘zbekiston Bosh vaziri Samarqand aeroportida Yevrokomissiya rahbarini kutib oldi

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Samarqandga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi ushbu qadimiy shaharda o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" formatidagi davlat rahbarlari sammitida ishtirok etishdir.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar. Sammit Yevropa Ittifoqi va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lishi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, ertalab Abdulla Aripov Samarqand aeroportida sammitda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshtani ham kutib olgan edi.