Rossiya AQSH harakatlariga javoban Osiyoda raketa joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
26 ноябрь

Rossiya AQSH harakatlariga javoban Osiyoda raketa joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘rinbosari Sergey Ryabkov Moskvaning Osiyo hududida o‘rta va qisqa masofali raketalarni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu qadam AQShning dunyoning turli mintaqalaridagi harbiy harakatlari va tashabbuslariga javob sifatida muhokama etilmoqda.

Ryabkov ta’kidlashicha, Amerika qurol-yarog‘ tizimlarining sayyoraning istalgan nuqtasida joylashtirilishi Rossiya tomonidan qat’iy harbiy va harbiy-texnik choralar ko‘rish uchun signal sifatida qabul qilinadi. U raqiblar va ularning ittifoqchilari o‘z xavfsizligi haqida xom xayollarga berilmasliklarini qayd etdi.

Biz AQSH va uning hamkorlaridan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etish imkonini beradigan yanada samarali choralarni qo‘llamoqchimiz. Asosiy maqsadlarga zarba berishga qodir tizimlarimizni joylashtirish Rossiyaning o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini ko‘rsatadi,” — deya ta’kidladi diplomat.