Olimlar tish cho'tkalarida fanga noma'lum bo'lgan organizmlarni ham topdilar
“Biz aniqlagan viruslar soni aqlga sig‘maydigan darajada ko‘p”, — dedi tajribaga rahbarlik qilgan mikrobiolog Erika Xartmann, — “Biz juda ko‘p kam o‘rganilgan viruslarni va ilgari hech qachon duch kelmagan viruslarni topdik.”
Olimlar guruhi tadqiqot o‘tkazib, dush va tish cho‘tkalari g‘oyat xilma-xil viruslar to‘plami bilan to‘lib-toshganini aniqladi. Ularning aksariyati fanga noma’lum. O‘z ilmiy tajribalari davomida mutaxassislar 92 ta dush va 34 ta tish cho‘tkasini tekshirdilar hamda ular aniqlagan 600 turdagi viruslar orasida bir xil juftliklar yo‘qligini hayrat bilan qayd etdilar. Tadqiqot davomida to‘plangan mikroorganizmlar orasida bakteriofaglar yoki oddiy qilib aytganda faglar — mikroblar ichida yuqadigan va ko‘payadigan virus turlari ustunlik qildi.