AQShning yirik banklaridan biri pul yuvish bo‘yicha firibgarlikda aybini tan oldi
AQSHning eng yirik 10 ta bankidan biri hisoblangan TD Bank mamlakat tarixida birinchi marta pul yuvish bo‘yicha firibgarlikda aybini tan oldi, deb ma’lum qildi AQSH bosh prokurori Merrik Garland.
Uning aytishicha, yetkazilgan zararni qoplash maqsadida korporatsiya AQSh foydasiga qariyb 3 milliard dollar miqdorida jarima va boshqa turdagi tovonlar to‘laydi.