Ota-onalar sergak bo‘lishlari lozim: "Ko‘k kit"ga o‘xshash yangi xavfli o‘yin paydo bo‘ldi
O‘yinda ishtirokchilarga oshxonada pichoq bilan o‘ynash, uydan qochib ketish kabi xatarli vazifalar beriladi, oxirgi topshiriq esa o‘z joniga qasd qilishdan iborat.
Yaqinda Qozog‘istonda ayanchli hodisalar yuz berdi: ikki qiz bu o‘yinda qatnashganidan so‘ng o‘zini derazadan tashlab yuborgan.
Ota-onalar farzandlariga alohida e’tibor qaratishlari zarur.