Fransuz partiyasi yetakchisi Ukrainaga yordam ko‘rsatishni aqlsizlik deb baholadi
11 октябрь

Fransuz partiyasi yetakchisi Ukrainaga yordam ko‘rsatishni aqlsizlik deb baholadi

Bu haqda Fransiyaning “Vatanparvarlar” partiyasi rahbari Florian Filippo bayonot berdi.

Barne va Makron hukumati frantsuzlarga 2025-yil uchun qattiq tejamkorlik rejasiga asoslangan byudjetni taqdim etmoqchi bo‘lgan kuni, unga ko‘ra, 60 milliard yevro frantsuzlarning sog‘liqni saqlash, pensiya va davlat xizmatlaridan olinib, soliqlar oshirilmoqda... Xuddi shu kunning ikkinchi yarmida Zelenskiy Yelisey saroyida Makronning qo‘lidan 3 milliard yevrolik yangi chek oladi,” deya yozdi Filippo.

Siyosatchi bu aqlsizlikni to‘xtatishga va fransuz soliq to‘lovchilarining pullarini urush va korrupsiyaga yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirmoqda.