Ukraina Turkmanistondan Putinni qamoqqa olishni talab qildi
11 октябрь

Ukraina Turkmanistondan Putinni qamoqqa olishni talab qildi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rim statutini imzolamagan Turkmanistondan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ashxobodga tashrifi paytida qamoqqa olishni talab qildi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston hukumati xalqaro huquq normalariga rioya qilishiga umid bildirib, ilgari Rossiya rahbariga nisbatan qamoq orderini chiqargan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) qaroriga havola qildi.