Bayqo‘nurda yangi parvozlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
11 октябрь

Bayqo‘nurda yangi parvozlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Kosmodromga "Progress MS-30" va "Soyuz MS-27" koinot kemalarini uchirish uchun mo‘ljallangan raketa-tashuvchilarning tarkibiy qismlari, shuningdek "Progress MS-29" va "Soyuz MS-27" kemalarining bloklari ortilgan eshelon yetib keldi.

So‘ngra ular tushirilib, qabul qilish va konservatsiya qilish uchun ish joylariga o‘rnatiladi. Tarkibiy qismlar bevosita uchirishga tayyorgarlik boshlanguniga qadar saqlash rejimida turiladi.

"Progress MS-30"ni uchirish uchun mo‘ljallangan raketaning tarkibiy qismlari bloklarni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, elektr sinovlarini amalga oshirish va keyinchalik "paket" ko‘rinishida yig‘ishga tayyorlash uchun 31-raqamli maydonchaga jo‘natiladi.