"WSJ": Tehron AQShning Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga, agar ularning hududidan Eronga hujum qilish uchun foydalanilsa, zarba berish bilan tahdid qildi
Arab mamlakatlari rasmiylariga tayanib, gazeta bunday ogohlantirishlarni Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar olgani haqida xabar bermoqda
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davlatlar vakillari Oq uyga o‘zlarining harbiy infratuzilmasi yoki havo hududini AQSH va Isroilga Eronga qarshi har qanday tajovuzkor harakatlar uchun taqdim etishni istamasliklari to‘g‘risida ma’lum qilganlar