Fransiya mudofaa xarajatlarini oshiradi
11 октябрь

Fransiya mudofaa xarajatlarini oshiradi

AFP axborot agentligi ma’lum qilishicha, Fransiyaning mudofaa xarajatlari 2025-yilga kelib 50,5 milliard yevroga yetadi.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Fransiya hukumati tomonidan 2025-yil uchun tayyorlangan byudjet loyihasida mudofaa xarajatlarini 3,3 milliard yevroga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Natijada, bu xarajatlar mamlakatning yalpi ichki mahsulotining 2 foizini tashkil etadi."