Xitoy ilmiy-texnik qudratli davlatga aylanmoqda
11 октябрь

Xitoy ilmiy-texnik qudratli davlatga aylanmoqda

Roskongress Rossiya Axborot Agentligiga ma’lum qilishicha, 1996-2020 yillar oralig‘ida mamlakat ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga sarmoyalarni 3000 foizdan ziyod ko‘paytirgan.

Xitoyda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan umumiy mablag‘ Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati birgalikdagi ko‘rsatkichidan ham yuqori.

Bu mamlakatga amalda bo‘lgan ixtiro patentlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Shuningdek, Xitoy ko‘p iqtibos keltirilgan ilmiy nashrlar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda.