Qozondagi BRIKS sammiti Rossiya tarixidagi eng katta tashqi siyosiy voqea bo‘lishini Ushakov ma’lum qildi
11 октябрь

Qozondagi BRIKS sammiti Rossiya tarixidagi eng katta tashqi siyosiy voqea bo‘lishini Ushakov ma’lum qildi

Prezident yordamchisi kutilayotgan tadbir haqida batafsil ma’lumot berdi. Sammitda qatnashish uchun 38 ta davlatga taklif yuborilgan bo‘lib, ulardan 32 tasi o‘z ishtirokini tasdiqlagan.

Tadbirda BMT, SHHT, MDH, YeOII bosh kotiblari hamda Yangi taraqqiyot banki prezidenti ishtirok etadi. Rossiya prezidentining sammit doirasida juda ko‘p uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ular 21 oktyabrda boshlanib, 24 oktyabrgacha davom etadi.

Ushakov, shuningdek, 18 oktyabr kuni Moskvada Putin nutq so‘zlaydigan BRIKS biznes forumi o‘tkazilishini ham aytib o‘tdi. Bundan tashqari, bir qator davlatlar rahbarlarining videomurojaatlari ham namoyish etiladi.