Shveysariyada xodimlar kun oxirida hojatxonada o‘tkazgan vaqtlarini ishlab berishlari kerak
11 октябрь

Shveysariyada xodimlar kun oxirida hojatxonada o‘tkazgan vaqtlarini ishlab berishlari kerak

Shveysariya kompaniyasi xodimlarning qimmatbaho ish vaqtini sarflamasliklari uchun hojatxonaga borishni tartibga soluvchi yoqimsiz qoidani ma’qulladi - amaldagi tartibga ko‘ra, kun oxirida faqat hojatxonaga kamdan-kam boradiganlar o‘z vaqtida bo‘shashi mumkin, chunki har bir hojatxonaga borish tanaffus hisoblanadi.

Amaldagi qoida haqida korxonada tekshirish o‘tkazilayotgan vaqtda tasodifan ma’lum bo‘ldi.

Nevshatel kantonining mehnat sharoitlari boshqarmasi kompaniya xodimlarning huquqlarini buzmoqda deb hisoblab, ishni sudga berdi. Biroq, Jean Singer & Cie vakili kompaniya xodimlar o‘rtasida to‘liq tenglikka intiladi va shuning uchun tanaffus maqsadida farq qilmaydi, deb ishontirgandan so‘ng, sud ish beruvchi tarafini oldi. Sud muhokamasi natijasiga munosabat bildirib, boshqa kompaniyalar ham "Jean Singer & Cie"dan o‘rnak olishdi.