Olimlar koronavirusning kelib chiqishi haqida yakuniy javob berdi
Olimlar jamoasi koronavirus tarqalishining boshlang‘ich nuqtasi laboratoriya emas, balki aynan Uxandagi bozor ekanligini aniqladi, deb xabar beradi Cell nashri. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, kasallikning kelib chiqishi yuz foiz tabiiy.
Nashr mualliflarining ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 ning genetik xilma-xilligi aynan ushbu bozor bilan chambarchas bog‘liq, chunki "yovvoyi hayvonlar saqlanadigan peshtaxta yaqinida va ichida SARS-CoV-2 ning yuqori konsentratsiyasi aniqlangan." Mutaxassislar ushbu peshtaxtadan SARS-CoV-2 ga ijobiy natijaga ega barcha namunalardagi yovvoyi hayvonlarning DNKsini aniqladilar: sivett, bambuk kalamushlar va yenotsimon itlar. Asosiy aybdor deb hisoblangan ko‘rshapalaklar esa salbiy natijani ko‘rsatdi.