Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga keldi
11 октябрь

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad - 11 oktyabr kuni turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etish.

Ashxobod aeroportida Mirziyoyevni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti "Davrlar va sivilizatsiyalar bog‘liqligi - tinchlik va taraqqiyot asosi" forumining yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, ushbu tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bogdan Burikin, atayin «Karavan-Info» uchun