Putin yangi dunyo tartibotining shakllanishi ortga qaytmas xarakterga ega ekanini aytdi
Ashxobodda bo‘lib o‘tgan forumda Rossiya Prezidenti bir qator muhim bayonotlar bilan chiqdi.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlar global o‘zgarishlar davriga kirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yangi dunyo tartibini o‘rnatish masalalarini muhokama qilish uchun ochiq. Vladimir Putin har bir xalqning fikrini hisobga olgan taqdirdagina umumiy tinchlik va keng qamrovli taraqqiyotni ta’minlash mumkinligini ta’kidladi.