“AvtoVAZ” bankrotlik yoqasida
15 декабрь

“AvtoVAZ” bankrotlik yoqasida

Kompaniya banklarga bo‘lgan 100 milliard rubldan ortiq yirik qarzlari tufayli jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Markaziy bank asosiy stavkani oshirgani sababli bu kreditlarni to‘lash yanada mushkulroq bo‘lib qoldi.

“Rostex” rahbari Sergey Chemezov ta’kidlashicha, "AvtoVAZ‘ning barcha daromadi rivojlanish va investitsiya dasturlariga yo‘naltirilishi o‘rniga qarzlarni qoplashga ketmoqda. Bu esa kompaniyani zarariga ishlatishga olib kelmoqda.

Chemezov: “Bunday bo‘lmasligi kerak, bu bankrotlikka olib boruvchi yo‘l,” deya ta’kidladi. Shu bilan birga, u davlat zavodni qiyin ahvolda tashlab qo‘ymasligini va bu vaziyatda mumkin bo‘lgan yordam choralarini muhokama qilayotganini aytib o‘tdi.