Qozog‘iston aholisi soni 20,2 million kishidan oshib ketdi
15 ноябрь

Qozog‘iston aholisi soni 20,2 million kishidan oshib ketdi

Qozog‘iston Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra mamlakat aholisi soni yil boshiga nisbatan 22 ming kishiga ko‘payib, 20 223 218 nafarga yetdi. Yanvar-sentyabr oylari davomida tabiiy o‘sish 179,2 ming kishini tashkil etdi.

Umumiy aholi sonidan 12 million 705 ming kishi shaharlarda istiqomat qilmoqda, qishloq aholisi esa, aksincha, 5 164 kishiga kamayib, 7 million 518 ming nafarga tushdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aholi sonining o‘sishi mamlakatdagi ijobiy demografik tendensiyalarni, jumladan, shahar hududlarida tabiiy o‘sishning ko‘payishini aks ettirmoqda.