Saudiyaning Flyadeal aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi
15 ноябрь

Saudiyaning Flyadeal aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

Saudiya Arabistonining Flyadeal aviatashuvchisi O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi. Havo aloqasi to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv doirasida aviakompaniya Jidda va Madina shaharlaridan Toshkent va Namanganga parvozlar uchun rasmiy ruxsatnoma oldi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, parvozlar Jidda — Toshkent — Jidda, Madina — Toshkent — Madina va Jidda — Namangan — Jidda yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Flyadeal parvozlar uchun Airbus A320 samolyotlarini ishlatadi, bu esa O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi arzon aviaqatnovlar imkoniyatini kengaytiradi.