
Rossiya an’anaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha BRIKSning birinchi forumiga mezbonlik qiladi
17-20 noyabr kunlari Moskvada BRIKS mamlakatlarining “An’anaviy qadriyatlar” nomi ostida birinchi forumi o‘tkaziladi. Muhokamalar markazida xalqaro hamkorlikning asosi sifatida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning o‘rni turadi.
Tadbirda Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi kabi BRIKS mamlakatlaridan deputatlar hamda Misr, Kongo, Pokiston va Ugandadan taklif etilgan vakillar ishtirok etadi. Forumda shuningdek, Xitoy va kengaytirilgan BRIKS+ formatiga kiruvchi boshqa davlatlardan madaniyat va jamoat arboblarining qatnashishi kutilmoqda.
Forum an’anaviy qadriyatlar va ma’naviy yo‘nalishlarni mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.