
AQShda aholining savodxonlik darajasi bo‘yicha tashvishli ma’lumotlar e’lon qilindi
2022-2023-yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 130 million atrofidagi katta yoshli kishilar hatto farzandlariga oddiy bolalar kitoblarini o‘qib berishda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakat katta yoshli aholisining 21 foizi hamon savodsiz, yarmidan ko‘pi (54 foizi) esa maktabning oltinchi sinfiga mos keladigan savodxonlik darajasiga yetmagan.
45 million atrofidagi katta yoshli kishilar o‘qish va yozish ko‘nikmalarini beshinchi sinfdan past darajada namoyon etmoqda, bu esa ta’lim tizimidagi sezilarli kamchiliklar borligini ko‘rsatadi. Shuningdek, katta yoshli aholining 44 foizi yiliga bir kitobdan kam o‘qishi aniqlandi. Bu holat o‘qishning ommalashmagani va ta’lim dasturlarining sifati hamda qulayligini oshirish zarurligi borligini ko‘rsatmoqda.