O‘zbekiston Prezidenti BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etadi
23 октябрь

O‘zbekiston Prezidenti BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi. U BRIKS davlatlari sammitida ishtirok etadi. Tadbir davomida O‘zbekiston rahbari Rossiya raisligida o‘tkazilayotgan “BRIKS plyus” formati doirasidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.

Sammitning asosiy mavzulari inklyuziv va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, jahon siyosatining muhim masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, prezident Mirziyoyev bir nechta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR, BAA, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolari hisoblanadi.