
Qozog‘iston Milliy banki “Raqamli investitsiya tangasi” loyihasini yo‘lga qo‘yadi
Qozog‘iston Milliy banki AIX “Tabys” mobil ilovasiga joriy etiladigan “Raqamli investitsiya tangasi” loyihasining ishga tushirilishini ma’lum qildi.
Endi oltin investitsiya tangalarini joylashuvdan qat’i nazar, istalgan vaqtda onlayn xarid qilish va sotish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Tanganing qiymati London qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari uyushmasi (LBMA) belgilagan oltinning og‘irligi va joriy narxi asosida tengeda hisoblanadi.
Loyiha uchun 999 probali oltindan yangi ÚKI tangasining o‘ziga xos dizayni ishlab chiqildi. Tanganing nominal qiymati 100 tengeni, vazni esa 31,1 grammni tashkil etadi.
Ushbu tashabbus investitsiya jarayonlarini soddalashtirish va fuqarolarga oltin aktivlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.